Markaz ZenTelegram'da ochish

Xavfsizlik

Markaz Zen — yopiq tizim. Ma'lumot faqat jamoangizniki.

Yopiq kirish

Botga faqat bir martalik taklif havolasi bilan kiriladi. Havolasiz odamga bot javob bermaydi, guruhga qo'shilsa chiqib ketadi.

Har kim o'z doirasida

Rollar loyiha bo'yicha beriladi: xodim faqat o'z vazifalarini ko'radi, pulni faqat egasi va administrator ko'radi. Ruxsat har amalda tekshiriladi.

Avval tasdiq

Vazifa, pul yozuvi, xabar, rol va sozlama saqlashdan oldin tasdiq so'raydi. Har o'zgarish jurnalga yoziladi: kim, qachon, nimani.

Hisobni dastur qiladi

Summalarni AI emas, dastur hisoblaydi. Tayyor hisobotlar va yig'indilar AI'ga yuborilmaydi.

Zaxira har kecha

Baza har kecha shifrlanib saqlanadi, har hafta shifrlangan nusxasi tashqi joyga ketadi. Tiklash sinovdan o'tgan.

Kuzatuv

Tizim har 5 daqiqada tekshiriladi. To'xtasa, egasiga darhol xabar boradi, o'zi esa bir necha soniyada qayta ishga tushadi.