Markaz ZenTelegram'da ochish

Imkoniyatlar

Hammasi oddiy gap bilan ishlaydi. Har saqlashdan oldin yordamchi tasdiq so'raydi.

Vazifalar

  • Matn yoki ovozdan vazifa: mas'ul, muddat, loyiha va ustuvorlik o'zi aniqlanadi
  • Qadamlar va takroriy vazifalar: har kuni, ish kunlari, haftaning kunlari, oyning sanasi
  • «Qabul qildim», «Bajarildi» va natijani yuborish: matn, ovoz, rasm yoki video
  • Tekshiruv: vazifa bergan odam «to'liq bajarilgan» deydi yoki qaytaradi
  • Muddatni kechiktirish — vazifa bergan odamning ruxsati bilan
  • Vazifani boshqaga topshirish, izoh, tarix va fayllar
  • Qidiruv, filtrlar, savat va Excel eksport

Nazorat va kun ritmi

  • 08:30 — bugun muddati keladigan vazifalar
  • 09:00 — rahbarga bugungi muhim ishlar
  • 18:00 — jamoadan kun hisoboti va ertangi reja
  • 22:00 — kun yakuni: bajarilgan, qolgan, kechikkan
  • Har dushanba — o'tgan hafta statistikasi
  • Har kim o'z vaqt zonasida: Toshkent va Varshava birga ishlaydi

Pul va qarzlar

  • Kirim, chiqim va qarz — har loyihaning o'z valyutasida
  • Chek yoki invoys rasmini yuborsangiz, yordamchi o'qib, karta tayyorlaydi
  • Bugun, hafta, oy, qarzlar va oxirgi yozuvlar bo'yicha hisobot
  • Hisobni AI emas, dastur qiladi

Eslatma va qo'ng'iroq

  • Bir martalik va takroriy eslatmalar
  • Kerak bo'lsa, yordamchi qo'ng'iroq qilib eslatadi
  • Yordamchi bilan Telegram qo'ng'irog'ida gaplashib, vazifa va eslatma qoldirish
  • Qo'ng'iroq faqat roziligi bor odamga va dam olish vaqtidan tashqari

Ilova

  • Telegram ichidagi ilova: Bugun, Vazifalar, Doska, Taqvim, Pul, Jamoa va Statistika
  • Yorug' va qorong'i mavzu, telefon va kompyuter
  • Tez orada: kompyuter brauzerida to'liq versiya

Ovoz va til

  • O'zbekcha ovozli xabarlarni tushunadi
  • Ism va atamalarni o'rganib boradi
  • Lotin va kirill yozuvida yozish mumkin